TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
Hojiakbar's Blog
Hojiakbar's Blog
Keling Bir Kulishaylik
Related to country: Uzbekistan


Bu yerda hurmatli o'quvchilar o'zlaringizni qiziq bo'lgan latifalariz bilan bemalol o'rtoqlashsangiz bo'ladi. Latifalar xalq og’zaki ijodining hajm jihatidan kichik nasr ko’rinishida yaratiladigan kulgili ommaviy janri hisoblahadi. “Latifa” atamasi arabcha lutf so’zidan olingan bo’lib, nozik fikrlash, yaxshilik qilmoq, muruvvat ko’rsatmoq, sharaflamoq kabi ma’nolarni anglatadi. Bas shunday ekan o'ylaymanki bu saytga kirgan o'quvchilar nafaqat proektlar bilan ishlashga balki o'z kayfiyatlarini ko'tarib turishlari ham mumkin bo'lsin. Bu blogimiz halqimizning qizq latifalari bilan to'lib turadi degan umiddaman.

Bir bola do’konga kirdi :
-Bir kilo qancha turadi?
-16 tiyin.
-Bir kilo qand-chi?
-82 tiyin.
-2 kilo non bilan 2kilo qand necha pul bo’ladi ?
-1 so’m 96 tiyin.
-3 so’m bersam , qancha qaytim berasiz ?
-1 so’m 4 tiyin .
-Shularni daftarimga yozib bering.
Sotuvchi yozib beradi. Bola daftarni olib, jildiga solarkan deydi :
-Rahmat. O’qituvchimiz uyga bergan masala edi.
Yechildi.


July 19, 2006 | 5:01 AM Comments  12 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Comments

Hojiakbar Hojiakbar Rasulov
July 19, 2006 | 5:06 AM
Latifa
Bir kuni Kamola rosa yig’ladi, nihoyat, yig’lay-yig’lay tindi.
-Yig’lab bo’ldingmi?- deb so’radi onasi.
-Yo’q. Hozir dam olyapman, - deb xo’rsindi Kamola.
***
Onasi uxlayotgan G’ulomga:
-O’g’lim , tur, multfilm boshlandi .
–Oyi televizorni o’chirib qo’ying , keyin ko’raman.
***
Akasi ukasiga:
-Bugun tushimda meni bo’rilar yeb qo’yishdi. Ukasi:
-Unda sen qandoq tirik qolding.
***
-Nega qulog’ingni bog’lab olibsan?
-Qulog’im og’riydi-da.
-Men og’rigan tishimni sug’urib tashladim, qutuldim. Sen ham qulog’ingni sug’urib tashla
aboykuziyev91 Boykuziyev Alisher
July 21, 2006 | 3:01 AM
Salom!
Slom Hojiakbar ushbu blogni ochib yaxshi ish qilibsiz. O'quvchilar ham kayfiyatini ko'tarib turishi kerak. Bu blog bo'lsa ularga yordam beradi. Men xam ushbu blog latifalariga latifa qo'shmo'qchi. O'ylaymanki ushbu latifa hammaga yoqadi.
***
Ota o'g'lidan:
- Menda o'nta olma bor. Ikkitasini yesam, nechta qoladi? – deb so'radi.
- Bilmayman, - dedi o'g'li. – Biz maktabda masalani apelsinda yechamiz.
***
Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so'radi:
-«Erkaklar ayollarni e'zozlashi kerak» degan kitob bormi?
- Fantastika bo'limi qo'shni xonada.
***
Vali, sinfingizda eng yalqov kim?
- Bilmayman.
- Hamma yozayotganda kim yozmay qarab o'tiradi?
- O'qituvchimiz...


feya-2 feruza
July 21, 2006 | 6:20 AM
Jurnalist
Yo'lto'sarlar kechasi bir erkakka tashlanib qolibdi.Erkak yalina boshlabdi:
-Yigitlar menda qayoqda pul bo'lsin.Qo'yib yuboringlar.
-Kim bo'lib ishlaysan?
-Jurnalist.
Shunda qaroqchilar boshligi':
-Yigitlar bunga ming so'm berib qo'yib yuboringlar,ketaversin.
feya-2 feruza
July 21, 2006 | 6:25 AM
Ahmoq chukcha
Bir kuni chukcha daraxt tepasida o'zi turgan shoxni arralayotgan edi.Bir odam kelib:
-Ey,chukcha hozir yiqilasan.
-E, bor.Yo'lindan qolma.
Bir ozdan so'ng chukcha pastga quladi.shunda:
-Bilmabman, Folbin ekan.
Abdusamad Abdusamad Hojihonov
July 21, 2006 | 8:01 AM
Yo'q, yo'q, Yo'q !!!
Men o'zim bilgan xanda, latifalardan yozayapman.
////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////////
Bir kuni bir yigit magazinga kirib, sotuvchiga savol bilan murojaat qildi:
- Un bormi?
- Yo'q.
- Shakar bormi?
- Yo'q.
- Non bormi?
- Yo'q.
- Guruch, qandlar bormi?
- Yo'q.
- Kartoshka, piyoz, sabzilarchi ?
- Yo'q, yo'q, yo'q.
Xaridor g'azablanib: O'zi nima bor bu yerda, xech nima yo'q ekan nima qilasiz bu yerda turib, magazinni qulflab ketavermaysizmi?
- Qulf yo'qda, - deya javob berdi sotuvchi .


Abdusamad Abdusamad Hojihonov
July 24, 2006 | 8:40 AM
Raqobatchi oshna !!!
Menga qara oshna, qayerda ishlaysan?
- Xech qayerda!
- Qayerda yashaysan?
- Unda dadil bo'l, men senga raqobatchiman!
damir19 Cимашев Дамир
July 25, 2006 | 4:25 AM
Cимашев Дамир
Здравствуйте участники этого форума!!
Сегодня я хочу вам рассказать об одной интересной истории.
У меня есть маленький брат Самандар. Ему 4 года. Мы все праздновали мой День Рождения. Вечером мы с ним решили намазать всех зубной пастой. Усталые мы легли спать.Утром, проспавшие, когда мы встали мы все были намазаны зубной пастой. Я так и не догодался кто это сделал?
Azizbek Azizbek Muminov
July 26, 2006 | 4:36 AM
Hojiakbarga tilak
Salom Hojiakbar bizning o'quvchilarimiz ham mana shunday bloglar yaratganiga hursand bo'ldim. Juda yahshi mavzuda blog yaratibsan rahmat. Asli Marg'ilonliklar askiyaga oshnolar men ham qiziq hajviyalarni yoqtiraman. Senga o'qishlaringda omad tilab qolaman. Internetdan to'g'ri va foydali yolda foydalangin deb AZIZBEK
Azizbek Azizbek Muminov
July 26, 2006 | 7:26 AM
Bo'ri va quyun
Bo'ri har kuni quyonni jig'iga tegadi. Uni ko'rishi bilan:
- Nega qalqopsiz yuribsanq - deb, chekkasiga bir tushuradi.
Ertasi kuni ko'rib:
- Nega qalqop kiyib yuribsanq – deb, yana chekkasiga tushuradi. Bu holni tulki ko'rib, bo'riga debdi:
- Bo'ri, xadeb bir narsani qilaverish joninga tegmadimiq Yaxshisi sen quyonni do'konga yubor! Sigaret olib kelsa, “nega filtrsiz”, yoki “nega filtrli” – deysan, vino olib kelsa, “nega oqidanq”, yoki, “nega qizilidan” – deysan.
Quyon do'kondan kelibdi. Bo'ri:
- Sigaretni ber!
Quyon:
- Filtrligidanmi yoki filtrsizidanmi?
Bo'ri:
- Vinoni ber!
Quyon:
- Oqidanmi yoki qorasidanmi?
Bo'ri boshini qichib, bir oz o'ylab, quyonning boshiga bir tushuribdi:
- Nega qalqopsiz yuribsan?

Azizbek Azizbek Muminov
July 26, 2006 | 7:44 AM
Olovoddin
Oloviddin sehrli chiroq topib olibdi. Ichidan Jin chiqib undan so’radi: - Tila tilagingni, bajaraman!
- Bilasanmi, Jin, meni xecham omadim chopmaydi, xecham ishim yurishmaydi, juda omadsizman. Meni omadli qilib qo’y!
- Tilaging bajarildi!
Oloviddin ozgina yurgan ekan, erdan 500 dollar pul topib olibdi. Bu pulni olib kazenoga boribdi. U erda o’ynab, 100 mln. dollar yutib olibdi, pulini ozginasini biznesga qo’yib, katta biznesmen bo’lib ketibdi. Bir kuni Mers-600 da ketayotgan ekan, bir go’zal qizni urib olishiga oz qolibdi. Qizni mashinaga o’tkazib kasal xonaga olib boribdi. Qiz Xindistonning malikasi ekan. Olovuddinga qiz yoqib qolib to’y qilibdi. To’ydan keyin qizdan so’rabdi:
- Nega peshonengda dumaloq bo’yoq bor?
- Bilmadim, bu bolaligimdan shunday.
- Kel, o’chirib tashlayman?!
- Mayli...
Oloviddin o’chirib, rosa kulayotgan ekan. Qiz:
- Nega kulyapsiz?
Oloviddin:
- Peshonengni ochirib “Nexia” yutib oldim!

Fishers Ilhom qiziq
July 28, 2006 | 6:03 AM
Tanlash imkoniyati
Baliqchi oltin baliq tutib oldi va tilagini aytdi:
-Meni kichkinagina zavodim,hovlim,mashinam bo'lishini hohlayman.
Baliq:
-Bularni kreditga olmoqchimisan yoki ijaragami?
-Nima? Unda sen ham tanla seni sariyog'da qovuraymi yo o'simik yog'ida maza qilasanmi?
* * *
Mijoz ofisiantdan so'radi:
-Manavi tovuqli ovqatingiz nimadan tayyorlangan?
-Shefimiz mashinasi urib ketgan tovuqdan.
aboykuziyev91 Boykuziyev Alisher
August 3, 2006 | 12:42 AM
Tesha tegmagan Latifalar
Ko'chada qulog'i og'irroq ikki kampir o'zaro chaqchaqlashib borardi:
- Voy, Mehriniso, choling yuribdimi?
- Men ham shuni aytamanda, ovsin. Ikki yil qisir qolib bu yil ikkita qo'zilasan degin, qo'y jonivor.
- Noliyverma, chollarning hammasi shunaqa bo'ladi.

*********
2 do'st poyezdga shoshayapti.
- Poyezd jo'nashiga qancha vaqt qoldi?
- 10 minut.
- Meni soatimda esa 5 minut.
- Unda sen tezroq yugur bo'lmasa poyezdga kech qolasan.

*************
Bir kishi Nigeriyaga xizmat safariga bordi va tamaddi qilish uchun restoranga kirdi.
- Kechirasiz janob nima hoxlaydilar?
- Menga avval menyuni bersangiz, bir o'qib chiqsam.
- Uzr janob, bu yer restoran. O'qigingiz kelsa marhamat, kutubxonaga boring.

***************
Er xotiniga yalindi.
- 3 so'm ber…
- Yo'q bersam yana ichib qo'yasan.
Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa uyda g'ozlar yo'q.
Xoy, er, g'ozlar qani. Shirakayf er:
- G'ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 3 so'm bermasang, qo'ylar ham toqqa chiqib ketishadi.




Hojiakbar Rasulov's Profile

Hojiakbar Rasulov's Friends


Latest Posts
Keling Bir Kulishaylik

Monthly Archive
July 2006

Change Language


Filter By Type
Travel
Topics

Friends
Sharifa


3851 views
Important Disclaimer